locale OZ

Whoscored YEChL-2024/2025 ramziy terma jamoasini e'lon qildi

"PSJ" YEChL g'olibiga aylandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Whoscored YEChL-2024/2025 ramziy terma jamoasini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Whoscored statistik portali Yevropa Chempionlar Ligasi o'tgan mavsum ramziy terma jamoasini taqdim etdi.

Unga ko'ra, turnirning eng yaxshi futbolchisi "Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya bo'ldi, u o'rtacha 8,1 ball to'pladi.

Whoscored talqiniga ko'ra, 2024/2025-yilgi mavsum Chempionlar ligasining to'liq ramziy terma jamoasi quyidagicha:

Darvozabon: Tibo Kurtua ("Real", 7,1).

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ, 7,4), Nikolas Otamendi ("Benfika", 7,2), Markinyos (PSJ, 7,1), Nunu Mendesh (PSJ, 7,4).

Yarim himoyachilar: Lamin Yamal ("Barselona", 7,9), Jamal Musiala ("Bavariya", 7,5), Jud Bellingem ("Real", 7,3), Rafinya ("Barselona", 8,1).

Hujumchilar: Usmon Dembele (PSJ, 7,6), Harri Keyn ("Bavariya", 7,6).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting