«West Hеm» Potterni ishdan bo'shatdi
Bugun jamoa bosh murabbiysiz o'ynaydi.
ФОТО: Getty images
“West Hеm” bosh murabbiyi Grem Potter vazifasidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Klubning qoniqarsiz natijalari sabab rahbariyat o'zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi. Grem va uning murabbiylar shtabiga jamoamizdagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi klub xabarida.
Joriy mavsumni “bolg'achilar” juda yomon boshladi. APLning 5 ta o'yinidan 4 tasida mag'lub bo'ldi. Shuningdek, Angliya Liga kubogini ham tark etdi.
Potter 2025 yil boshida jamoani qabul qilib olgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist