locale OZ

Vozinya: «Biz bu yerga shunchaki kelganimiz yoʻq, kurashish uchun keldik»

Kobo-Verde darvozaboni Ispaniyaga qarshi oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vozinya: «Biz bu yerga shunchaki kelganimiz yoʻq, kurashish uchun keldik»
FOTO: Getty Images

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Jozimar Vozinya JCh-2026 guruh bosqichining 1-turida Ispaniyaga qarshi kechgan oʻyindagi durang (0:0) haqida fikr bildirdi.

«Bu ajoyib uchrashuv boʻldi. Biz ushbu lahza va mana shu orzu uchun juda koʻp mehnat qildik. Hozir gʻururdamiz. Oʻyin oson kechmasligini oldindan bilardik.

Biz Jahon chempionatiga shunchaki qatnashish uchun emas, raqobatlashish uchun keldik. Bilaman, oramizda bizni kichik va zaif jamoa deb hisoblaydiganlar bor, biroq biz bu yerda oxirigacha kurashish va borimizni berish uchun yigʻilganmiz», — deya Vozinyaning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

Maʼlumot uchun, «N» guruhida joy olgan Kabo-Verde 2-turda Urugvay (22-iyun), 3-turda esa Saudiya Arabistoni (27-iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting