Vlahovichga 4 ta klub jiddiy qiziqish bildirmoqda
Uning transfer summasi esa 35 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
"Yuventus" klubi hujumchisi Dushan Vlahovichning xizmatlariga Premer-liga, La Liga va Bundesliga grandlari qiziqish bildirmoqda.
La Gazetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, serbiyalik forvardni Kataloniyaning "Barselona", Myunxenning "Bavariya", Madridning "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublari o'z tarkibiga qo'shib olish uchun kurash olib boradi.
25 yoshli futbolchining "keksa sinyora" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetadi. Uning transfer summasi esa 35 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Dushan barcha musobaqalarda jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist