Vlahovich «Yuventus»da qolishga tayyor
Photo: Getty Images
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich kelajakdagi faoliyati haqida bir qarorga keldi. Serbiyalik futbolchi Turin klubida qoladi.
La Gazette dello Sport xabar berishicha, u Turin klubida qoladi.
Manbaga ko‘ra, hujumchi yaxshi maosh olish uchun amaldagi shartnomasi oxirigacha “Yuventus”da qolmoqchi.
Klub bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, u keyingi mavsum uchun 12 million yevro ishlab olishi kerak.
Buning uchun Vlahovich Italiya klubida rotatsion futbolchi bo‘lishga tayyor. Mish-mishlarga ko‘ra, serbiyalik hujumchi xizmatlariga “Milan” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirayotgan ekan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist