locale OZ

Vlahovich \"Milan\"ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vlahovich "Milan"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia.

Qayd etilishicha, serbiyalik 25 yoshli futbolchi "rossonerilar" bilan muzokara olib bormoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, futbolchi yangi mavsumni milanliklar safida boshlashi mumkin.

Turin klubi ham Vlahovich bilan xayrlashishga tayyor. Biroq uning yuqori maoshi sabab "Milan" rahbariyati transferni yakunlashda qiynalmoqda. Dushan “keksa sinyora”da yiliga 12 mln yevro atrofida maosh oladi.

Shuningdek, unga “Arsenal” klubi ham qiziqish bildirayotgani avvalroq xabarlarda aytilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting