locale OZ

Vlahovich faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Unga Istanbul klubi jiddiy qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vlahovich faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich jamoani erkin agent maqomida tark etishi mumkin.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma iyun oyining oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi Turkiya Superligasiga yo‘l olishi mumkin.

Futbolchiga «Beshiktosh» klubi qiziqish bildirmoqda. Turk klubi rahbariyati futbolchiga yiliga besh million yevro maosh ko‘zda tutilgan mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor.

Turinliklar tarkibida Vlahovich 168 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Hujumchi o‘z hisobiga 68 ta gol va 16 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting