locale OZ

Vladimir Bubanya: «Xarakter ko‘rsatdik»

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vladimir Bubanya: «Xarakter ko‘rsatdik»
Фото: Металлург ПФК

O‘zbekiston Pro-Ligasi 1-turi doirasida "Yaypan" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng Bekobod klubining tajribali himoyachisi Vladimir Bubanyaning o‘yin taassurotlari bilan qiziqdik.

"Yaypan"ga qarshi o‘yin og‘ir kechdi. Biz taxminan shunday ssenariyni kutgan edik. To‘pni ushlab turish orqali o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan yaxshi raqib bizga qarshi harakat qilishini bilardik.

Juda tezkor gol o‘tkazib yubordik, ammo qaytib, javob to‘pini ham tezkorlik bilan urishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dira oldik. Aytish mumkinki, xarakter ko‘rsatib, so‘nggi daqiqagacha o‘ynadik.

Mavsumlar oralig‘ida kichik jarohat bo‘ldi, lekin Xudoga shukr, hammasi ortda qoldi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va umid qilamanki, o‘yinlar orqali optimal sport formamni tiklab olaman.

Biz har bir uchrashuvda maksimum imkoniyatimizni ishga solishimiz zarur. Oldimizda aniq vazifa bor — Superligaga chiqish. Shunday ekan kimga qarshi maydonga tushishimizning farqi yo‘q. Keyingi o‘yinlarni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va umid qilaman, bekobodlik futbol muxlislari bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting