locale OZ

Vladimir Bubanya — «Metallurg» futbolchisi

"Metallurg" PFK serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vladimir Bubanya — «Metallurg» futbolchisi
Фото: Металлург ПФК

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, himoya chizig‘iga yana bir tajribali futbolchi Vladimir Bubanya taklif etildi.

Yangi mavsumda PRO-Ligada chempionlikni maqsad qilgan "Metallurg" PFK serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Bubanya o‘tgan mavsum "Xorazm" klubi safida harakat qildi. Superliganing 27 ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachi 1 ta gol urgan va 1 ta assist muallifiga aylangan.

"Ulkan tajribaga ega himoyachi yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Vladimir Bubanyaga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz".

Vladimir Bubanya
Tug‘ilgan sanasi: 02.08.1989
Tug‘ilgan joyi: Kraguyevas, Serbiya
Bo‘yi: 1.96
Ampluasi: Markaziy himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Xorazm", "Andijon", "Novi Pazar" (Serbiya), "Surxon", "Indjiya" (Serbiya), OKMK, "Zemun" (Serbiya).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting