Vitsel faoliyatini «Nitsa»da yakunlashga tayyor
Futbolchi yaqinda Fransiya klubi bilan shartnoma imzoladi.
ФОТО: Getty images
“Nitsa”ning yangi futbolchisi Aksel Vitsel Fransiya klubi uning faoliyatidagi so‘nggi jamoa bo‘lishi mumkinligini aytdi.
37 yoshli belgiya futbolchisi shu hafta “Nitsa” bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan bir yillik shartnoma imzoladi.
“Faoliyatimni shu yerda yakunlashni istardim. Bu haqiqatan ham o‘ylayotgan narsam. Soch turmagini hisobga olmaganda, nega Dante yo‘lidan bormasligim kerak?” — deya Vitselning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
Vitsel faoliyati davomida “Standard”, “Benfika”, “Zenit”, Dortmundning “Borussiya”, “Atletiko” va “Tyanjin Teda” klublarida ham to‘p tepgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist