Vitor Reis: Husanov menga akadek bo‘lib qolgan
Futbol
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com
“Manchester City” safini Abduqodir Husanov bilan bir vaqtda to‘ldirgan Vitor Reis jamoadoshi bilan qanday munosabat o‘rnatgani haqida gapirdi.
“Men va Husa (Husanov) jamoaga bir vaqtda qo‘shilganmiz. Shu sababli bu yerda ikkimiz ham yangi hisoblanamiz. Ko‘p vaqtni birga o‘tkazamiz — qahva ichamiz, turli ishlar bilan shug‘ullanamiz. Ikkovimiz ham ingliz tilini yaxshi bilmaymiz, asosan imo-ishoralar orqali tushunamiz. Husa menga akaday. Kelganimdan beri juda tez do‘stlashib ketdik”, — dedi Reis “Manchester City”ning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolavhasida.