locale OZ

Vitinya «Oltin toʻp»ni kim olishi kerakligini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vitinya «Oltin toʻp»ni kim olishi kerakligini aytdi
Photo: Getty Images

“PSJ” futbolchisi Vitinya "Oltin toʻp"ni kim olishi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Hamma bir kun kelib bu sovrinni qoʻlga kiritishni orzu qiladi. Agar men bu mukofotga loyiq koʻrilsam, bu aql bovar qilmaydigan ish boʻlardi. Menimcha, bu sovringa shubhasiz Usmon Dembele loyiq. U oʻtgan mavsumda bizni sovrinlar sari yetaklagan futbolchi, u "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritishga asosiy nomzod", - dedi PSJ jamoasi yarim himoyachisi.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni "Oltin toʻp" sovrini qoʻlga kiritish mumkin boʻlgan 30 nafar futbolchining roʻyxati eʼlon qilingan edi. Bu roʻyxatda parijliklar safidan 9 ta futbolchi joy olgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting