Vissa birinchi, Leoni ikkinchi — Yevropadagi eng muvaffaqiyatsiz yozgi transferlar roʻyxati eʼlon qilindi
ESPN Yevropadagi eng muvaffaqiyatsiz yozgi transferlar reytingini e’lon qildi.
Roʻyxatda birinchi o‘rinni «Brentford»dan «Nyukasl»ga 57,7 mln yevroga o‘tgan hujumchi Yoan Vissa egalladi. Kongo DR terma jamoasi forvardi hali ham yangi jamoasi safida debyut qilgani yo‘q.
Quyida Yevropadagi yozgi transferlar orasidagi eng yomon TOP-10 ro‘yxati keltirilgan:
1. Yoan Vissa – «Brentford» → «Nyukasl» (€57,7 mln).
2. Jovanni Leoni – «Parma» → «Liverpul» (€31 mln).
3. Xaralamos Kostulas – «Olimpiakos» → «Brayton» (€30 mln).
4. Ardon Yashari – «Bryugge» → «Milan» (€36 mln).
5. Dariu Esugu – «Sporting» → «Chelsi» (€22,7 mln).
6. Tayler Dibling – «Sautgempton» → «Everton» (€40,5 mln).
7. Omari Xatchinson – «Ipsvich» → «Nottingem Forest» (€40 mln).
8. Fabiu Silva – «Vulverxempton» → «Borussiya D» (€22,5 mln).
9. Arno Kalimuendo – «Renn» → «Nottingem Forest» (€30 mln).
10. Ben Dauk – «Liverpul» → «Bornmut» (€23,1 mln).