Virtzning \"Bavariya\"dagi ehtimoliy maoshi ma'lum qilindi
Photo: Getty Images
“Bayer” yarim himoyachisi Florian Virtz yozda "Bavariya"ga o'tishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Qayd etilishicha, Myunxen klubi 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Katta ehtimol bilan kelasi hafta yakuniga qadar barcha masalalar hal qilinadi.
"Bavariya" Virtzga yiliga 20-25 million yevro maosh beradi. Futbolchining o'zi esa 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist