Virtz \"Liverpul\"ga oʻtsa, qancha maosh olishi ma'lum
Unga "Bavariya" klubi ham jiddiy qiziqmoqda
Photo: Getty Images
“Bayer” yarim himoyachisi Florian Virtz “Liverpul"ga oʻtadigan boʻlsa, qancha maosh olishi ma'lum qilindi.
Bild nashri xabar berishicha, u yiliga 20-22 million yevro atrofida maosh oladi.
“Bavariya” tomonidan yanada yuqori maosh taklif qilingan. Virtzning “Bayer”dan “Liverpul”ga transferi hanuz aniq boʻlgani yoʻq.
Leverkuzen klubi futbolchi uchun 150 million yevro talab qilmoqda, ingliz jamoasi esa hozircha 130 million yevroga yaqin taklif bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist