locale OZ

Virtsga 4 ta jamoa qiziqmoqda

Transfermarkt portali Virtsning bozor qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.
Virtsga 4 ta jamoa qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virtsning kelasi yozgi transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi», «Bavariya», Madridning «Real» klubi va «Barselona» 23 yoshli futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda.

Virts «Liverpul»dagi faoliyatida hozircha o‘z o‘rnini topa olmayotgani sababli uning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. Qayd etilishicha, yuqorida nomlari keltirilgan klublar yarim himoyachini kelajakda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Virtsning bozor qiymatini 85 million yevroga baholamoqda. «Liverpul» nemis futbolchisini 2025-yil yozida Leverkuzenning «Bayer» klubidan 125 million yevro evaziga sotib olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting