locale OZ

Vinisius: «Siti»ga qarshi bahsda ustunlikka erishishni istaymiz»

“Real” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv 11 mart kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius: «Siti»ga qarshi bahsda ustunlikka erishishni istaymiz»
ФОТО: Getty images

“Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida “Manchester Siti”ga qarshi boʻladigan uchrashuv oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.

“Biz ‘Manchester Siti’ga qarshi bahsda hujum qilishni va ustunlikka erishishni istaymiz. Maqsadimiz — har bir toʻp uchun kurashadigan ‘Real’ning eng kuchli versiyasini koʻrsatishdir. ‘Siti’ bilan oʻyinda biz benuqson harakat qilishimiz shart. Muxlislarimizdan esa har doimgidek ishini qilishlarini soʻraymiz: bizni qoʻllab-quvvatlab, ‘Santyago Bernabeu’ni raqib uchun eng qiyin manzilga aylantirishsin”, — deydi Vinisius.

Maʼlumot uchun, “Real” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv 11 mart kuni “Santyago Bernabeu” stadionida boʻlib oʻtadi. Javob oʻyini esa 17 martga belgilangan boʻlib, u “Etihad” stadionida oʻtkaziladi

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting