Vinisius kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.
ФОТО: Getty images
“Real” hujumchisi Vinisius Junior klubdagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Avvalroq braziliyalik yulduz anchadan beri “Qirolicha klub” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Real” 2026 yilda Vinisiusni sotib yuborishga tayyor ekani haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.
Qayd etilishicha, Vinisius “Real”ni qadrlashini va kelajagini klub bilan bog‘lamoqchi ekanini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlangan.
Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Klub esa ushbu bitimni 2030 yilning 30 iyunigacha uzaytirishni mo‘ljallamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist