locale OZ

«Vilyarreal» Renatu Veigani sotib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vilyarreal» Renatu Veigani sotib oldi
Фото: Getty Images

Renatu Veiga jamoasini o'zgartirdi.

"Vilyarreal" 22 yoshli portugalik futbolchini "Chelsi"dan sotib olganini rasmiy tarzda e'lon qildi.

Veiga "suv osti kemasi" bilan yetti mavsumga - 2032 yilning o'rtalarigacha mehnat shartnomasini imzoladi.

Markaziy himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Yuventus"da ijara asosida o'tkazgandi. "Chelsi" uni 2024 yilning yozida "Bazel" klubidan sotib olgandi.

Matbuot xabarlariga ko'ra, "Vilyarreal" Renatuning transferi uchun 24,5 million yevro to'lagan. Shuningdek, transfer qiymatiga turli bonuslar ham qo'shiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting