Viktor Karpenko: «Bugun bitta jamoa futbol o'ynashga harakat qildi»
«Buxoro» murabbiyi «Nasaf» bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: Buxoro FK
O'zbekiston Superligasi 21-turidan o'rin olgan «Nasaf» va «Buxoro» o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko matbuot anjumanida qatnashdi.
«Raqibni tabriklayman. Bugun bitta jamoa futbol o'ynashga harakat qildi. Haqli g'alaba. Bugun intensiv bo'la olmadik. Bugun yigitlarim yomon o'ynashdi deya olmayman.
Bunday natijadan so'ng uchrashuvga to'liq tayyorlanmadik deya olaman. Ko'rinib qoldiki, o'yinga tayyor holda chiqib kelmadik» - dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor