\"Vest Hem\" Kastellanos transferini e'lon qildi
Valentin yangi jamoada 11-raqamni oldi.
ФОТО: Getty images
“Vest Hem” klubi Valentin Kastellanos bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Angliyaning taniqli nashri Sky Sports yozishicha, "bolg'achilar" argentinalik hujumchini transfer qilish orqali “Latsio”ga 25,2 mln funt o'tkazib bergan.
27 yoshli futbolchi London klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega.
Valentin yangi jamoada 11-raqamni oldi.
Joriy mavsumda Kastellanos A Seriyada 11 o'yinda 2 gol va 3 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist