locale OZ

Vardi: \"Toki oyoqlarim avvalgidek ishlab, avvalgidek tetik bo‘lib turar ekan, o‘ynashda davom etaman

38 yoshli hujumchi yozda "Lester"ni tark etib, keyinroq "Kremoneze"ga o‘tgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vardi: "Toki oyoqlarim avvalgidek ishlab, avvalgidek tetik bo‘lib turar ekan, o‘ynashda davom etaman
Photo: gettyimages

38 yoshli hujumchi yozda "Lester"ni tark etib, keyinroq "Kremoneze"ga o‘tgan edi.

Angliyalik futbolchidan u va shu yozda A Seriyaga ko‘chib o‘tgan Kevin de Bryuyne va Luka Modrich kabi boshqa futbolchilar hamon yuqori saviyada o‘ynashga rag‘batlanyaptimi, deb so‘rashdi.

"Siz shubhalanuvchilardan bo‘lsangiz kerak. Men sizning xato qilayotganingizni isbotlashim kerak.

Men uchun yosh - bu shunchaki raqam. Toki oyoqlarim avvalgidek ishlab, avvalgidek tetik bo‘lib turar ekan, o‘ynashda davom etaman. Hozir hech narsa sur’at pasayishini ko‘rsatmayapti, shuning uchun men davom etaman va bu klub uchun borimni beraman.

Men italyan tilini o‘rganaman, lekin hozircha bu muammo emas: futbolning o‘z tili bor - to‘pning tili," - dedi Vardi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting