Vardi “Kristal Pelas”ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Lester”ni tark etgan Jeymi Vardi faoliyatini “Kristal Pelas”da davom ettirishi mumkin.
Football Insider xabar berishicha, “burgutlar” tajribali hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Tomonlar muzokaraga kirishgan.
Joriy mavsumda Vardi 36 ta o‘yinda 10 ta gol urgan va 4 ta golga assistlik qilgan. Futbolchi 2012 yildan buyon “tulkilar” safida o‘ynab kelgan edi.