locale OZ

Vardi faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin

Klub rahbariyati allaqachon tajribali forvard bilan aloqaga chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vardi faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Angliyalik 39 yoshli hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabrizio Romanoning eksklyuziv xabariga ko‘ra, futbolchiga Braziliyaning "San-Paulu" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati allaqachon tajribali forvard bilan aloqaga chiqqan. Vardi hozirda mavjud takliflarni o‘rganib chiqmoqda va hali kelajagi borasida qaror qabul qilmagan.

Jeymi Vardi o‘z faoliyatining eng yorqin davrini 2012 yildan 2025 yilgacha sharafini himoya qilgan "Lester" klubida o‘tkazgan. O‘tgan mavsumni u Italiyaning "Kremoneze" klubida o‘tkazib, shartnoma muddati tugagach, erkin agentga aylangan.

Ma’lumot uchun, "San-Paulu" ayni paytda Braziliya A Seriyasining 22-turidan so‘ng 27 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting