Vardi: «Byornli» futbolchisiga aylanganimdan xursandman»
O‘tgan mavsumda 39 yoshli hujumchi «Kremoneze» sharafini himoya qildi.
ФОТО: Getty images
«Byornli» hujumchisi Jeymi Vardi klubga o‘tganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Byornli» futbolchisiga aylanganimdan juda xursandman. Bu katta tarixga va ajoyib muxlislarga ega klub. Ular o‘zlarini va butun shaharni munosib tarzda namoyon etadigan jamoaga munosib. Maydonga tushib, «Byornli»ning oldinga harakat qilishiga yordam berish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman», — dedi Vardi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda 39 yoshli hujumchi «Kremoneze» sharafini himoya qildi. U 29 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Angliya Premyer-ligasini tark etgan «Byornli» Chempionshipda 5 turdan so‘ng 2 ochko bilan oxirgi — 24-o‘rinda bormoqda.