locale OZ

Van Deyk taslim bo‘lmoqchi emas

"Nottingem Forest"ga mag‘lub bo‘lgan "Liverpul" APL turnir jadvalida 11-o‘ringa tushib ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk taslim bo‘lmoqchi emas
ФОТО: Getty images

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Nottingem Forest"ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Barcha futbolchilar oynaga qarashlari kerak. Ko‘proq ishlash va oldinga siljish lozim. Men bu klubda anchadan beri o‘ynayman va biz allaqachon qiyinchiliklarni boshdan kechirganmiz. Biz qaytamiz, lekin bu bir kechada bo‘lmaydi. Men taslim bo‘ladiganlardan emasman," – deya Van Deykning so‘zlarini keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, "Nottingem Forest"ga mag‘lub bo‘lgan "Liverpul" APL turnir jadvalida 11-o‘ringa tushib ketdi. Mersisaydliklar keyingi turda safarda "Vest Hem"ga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting