Van Deyk «Liverpul»ni tark etishi mumkin
34 yoshli futbolchiga «Galatasaray» qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
Virjil van Deykning agenti yangi klub topish maqsadida transfer muzokaralarini boshladi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, «Liverpul» sardori o'z agentiga o'zi uchun yangi jamoa izlashga ruxsat bergan.
Eslatib o'tamiz, Van Deykning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Shunga qaramay, futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun munosib variant topilsa, jamoani allaqachon shu yozda tark etishi mumkin.
Avvalroq «Galatasaray» 34 yoshli himoyachini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqqan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist