locale OZ

Van Deyk: «Hotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak»

"Liverpul" futbolchisi "Real" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk: «Hotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak»
ФОТО: Getty images

"Liverpul" sardori Virjil van Deyk "Real"ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz katta energiya ko‘rsatdik va qoyilmaqom ishni bajardik. “Real” avvalgi 14 o‘yinning 13 tasida g‘alaba qozongan. Ularda ulkan sifat bor. Raqibning kuchli tomonlarini bilardik. Har bir ishda benuqson bo‘lishimiz kerak edi. O‘yinga o‘ylagan rejalarimizni to‘liq amalga oshirdik.

Ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozondik, hotirjamlikni saqlab, kelajakka qarab harakat qilishimiz lozim”, - deya Van Deykning so‘zlaridan keltiradi Amazon Prime’ga.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Liverpul" PSVni qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting