Valverde: “Oltin to‘p”ni “Real” futbolchisi yutishiga umid qilaman\"
“Real Madrid” sardori Federiko Valverde 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovrini borasida o‘z fikrini bildirdi. Urugvaylik futbolchi mukofotni jamoadoshlaridan biri qo‘lga kiritishini istashini aytdi.
“Men har doim sovrinni jamoadoshlarimdan biri olishini xohlayman. Ularga yordam bera olayotganimdan xursandman. Ulardan istalgan biri o‘z orzusini amalga oshirib, “Oltin to‘p”ni yutishi mumkin”, — dedi Valverde.
2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun 30 nafar nomzod orasidan “Real Madrid”ning to‘rt futbolchisi — Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellingem va Mark Kukurelya joy oldi. Nomzodlar 2025/26-yilgi mavsumdagi natijalar asosida tanlangan.
Ma’lumot uchun, 2026-yilgi “Oltin to‘p” sohibi 26-oktabr kuni Londonda o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida aniqlanadi. G‘olib FIFA reytingidagi eng kuchli 100 mamlakat vakillaridan iborat sport jurnalistlari hay’ati tomonidan tanlanadi.