locale OZ

Valijon Rahimov: “Andijon” jamoasiga chempionat va OCHLda omad tilayman”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Valijon Rahimov: “Andijon” jamoasiga chempionat va OCHLda omad tilayman”
Valijon Rahimov: «Andijon» jamoasiga chempionat va OCHLda omad tilayman»

Yaqinda jamoani tark etgan darvozabon Valijon Rahimov "Andijon"da o'tkazgan faoliyati borasida shunday dedi:

"Jamoaning ashaddiy ishqibozlaridan minnatdorman. Ular qiyin paytda qo'llab-quvvatlashdi. Kerak paytda yonimizda turishdi. Men buni ich-ichimdan his qildim. Shuning uchun ularga katta rahmat aytaman.

Nega o'zimni ko'rsata olmaganimgani o'zim ham haligacha tushunib yetmadim. Ammo shuni tushundimki, yanada ko'proq mehnat qilish va astoydil ter to'kish kerak.

Shu o'rinda, "Andijon" jamoasidagi barchaga, shu jumladan rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va klub xodimlariga rahmat aytaman va ularga ikkinchi davrada hamda Osiyo Chempionlar ligasida omad tilayman".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting