locale OZ

«Valensiya» bosh murabbiy Korberanni iste’foga chiqardi

Klub bosh direktori Ron Gurley bilan ham hamkorlikni to‘xtatdi.
«Valensiya» bosh murabbiy Korberanni iste’foga chiqardi
ФОТО: Getty images

«Valensiya» klubi bosh murabbiyi Karlos Korberan bilan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ispaniyalik klub bosh direktori Ron Gurley bilan ham hamkorlikni to‘xtatdi.

Bunga jamoaning mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. 43 yoshli Korberan 2024 yil dekabridan buyon «Valensiya»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning vazifasini vaqtincha Oskar Sanches bajaradi.

La Ligadagi beshta uchrashuvdan so‘ng «Valensiya» bor-yo‘g‘i 1 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining so‘nggi, 20-pog‘onasini egallab turibdi. Jamoa ushbu o‘yinlarda atigi 1 ta gol urgan va 10 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting