locale OZ

Vadim Abramov: «Jarohatlar qiynab qoʻymoqda»

"Dinamo" bosh murabbiyi durang natija haqida fikr bildirdi.
Vadim Abramov: «Jarohatlar qiynab qoʻymoqda»
Vadim Abramov: «Jarohatlar qiynab qoʻymoqda»

"Dinamo" - "Xorazm" (2:2) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlarning oʻyin haqidagi savollariga javob berdi.

- Oʻyinni yomon boshlamagandik, toʻgʻri oʻynadik, keyin esa ahmoqona xatolarga yoʻl qoʻydik. Bu esa gol oʻtkazib yuborishimizga sabab boʻldi. Keyin esa qahramonlik koʻrsatib, hisobda oldinga chiqdik. Afsuski, yana xatoga yoʻl qoʻyib, burchak zarbasidan gol oʻtkazdik. Aslida toʻp oʻsha nuqtaga yetkazilishini bilardik, ammo tajribali yigitlar qanday qilib shunday himoyalanishdi, yakunda gol oʻtkazdik. Raqib oʻyinchisi 11 metrlik nuqtadan kelib gol urdi. Umuman olganda oʻyin jangovar oʻtdi, muxlislarga yoqqan boʻlsa kerak, ammo biz muhim ochkolarni boy berdik.

- Jarohat olgan oʻyinchilar bilan vaziyat qay holatda?
- Afsuski, ularning orasiga bugun Sanjar Qodirqulov ham qoʻshildi. Jarohatlanganlar hali maydonga qaytishga tayyor emas. Bu qiynab qoʻymoqda. Bor imkoniyatdan foydalanishimizga toʻgʻri keladi.

- Ularning qaytishini qachon kutsak boʻladi?
- Bilmayman, hali aniq gapirish qiyin. Koʻramiz, tibbiy boʻlimimiz qanday ish olib borayotganini, koʻrmoqdamiz, oʻyinlar ketma-ket boʻlib oʻtmoqda. Ularni tayyorlash kerak, hali mashgʻulotga qoʻshilgani yoʻq, tarkibga qaytishiga hali yaqin emas.

- Keyingi turda "Dinamo"ni OKMK va "Paxtakor"dek kuchli raqiblar kutib turibdi. Nimaga umid qilsa boʻladi?
- Nega, bu futbol, bugun kim ochko yoʻqotishimizni kutgandi? Ha, raqiblar jiddiy, ammo biz har qanday vaziyatga tayyorgarlik koʻramiz.

- Raqiblarning burchak zarbalari "Dinamo" uchun xavfli boʻlib qolmoqda. Buni qanday bartaraf etish mumkin?
- Buni yigitlarga tushuntirdik, ammo ular raqib ortidan ketib qolishdi. Aslida gol uriladigan nuqtani egallash kerak. Bu juda oddiy.

- Jahongir Abdusalomov kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlmoqda, ammo u maydonga tushiboq assist qildi va gol urdi. Kam oʻynayotgani jismoniy holat bilan bogʻliqmi?
- Ogʻirlikni hammaga berishimiz kerak, shu bois oʻyinni kuchaytirish uchun uni zaxiradan maydonga tushirdik va u gol urdi. Uning zaxiradan maydonga tushishi faqat taktik oʻylanmalar bilan bogʻliq.

- Hojimirzayevning yoʻqligi jamoaga qanchalik taʼsir qilmoqda?
- Shubhasiz, nafaqat Hojimirzayev, Amonov, Oʻrozov kabi oʻyinchilarning ham yoʻqligi katta yoʻqotish, taʼsir qiladi. Ular etakchi oʻyinchilarimizdan edi. Istalgan jamoa bunday paytda qiynaladi. Bu koʻproq taqvim zichligi bilan bogʻliq, raqiblarimiz bizga qaraganda 1-2 kun koʻproq dam olmoqda, biz esa tiklanish ishlarini olib bora olmayapmiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting