locale OZ

Vadim Abramov: «Farg'onaga faqat g'alaba uchun kelgandik, yo'q joydan xato qilib, gol o'tkazib yubordik»

"Dinamo" ustozi "Neftchi"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vadim Abramov: «Farg'onaga faqat g'alaba uchun kelgandik, yo'q joydan xato qilib, gol o'tkazib yubordik»
Фото: Динамо ПФК

"Neftchi" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

Farg‘onaga g‘alaba uchun kelgandik. Hatto o‘yinda ham g‘alaba uchun harakat qilganimiz ko‘rinib turdi. Durrang qayd etsak ham bo‘ladi degan xayol bilan stadionga kelmaymiz. Shu bois to‘pni ushlab turish uchun emas, balki gol urish uchun harakat qildik. Yo‘q joydan oddiy xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Futbol shunaqa o‘yin, doim ham ustunlikka ega jamoa g‘olib chiqa olmaydi.

Yagudin yoki Nemanov? Bu yerda ishonchdan tashqari, mashg‘ulotlarda ishlash ham bor. Mashg‘ulotda har ikki darvozabon ham yaxshi ishlaydi. Nemanov terma jamoaga ketgan payt biz nazorat o‘yinlari o‘tkazdik va bu bahslarda darvozani Yagudin himoya qildi. Ravshan anchagina tajribali darvozabon. Mashg‘ulotdagi harakatlaridan kelib chiqib, uni asosiy tarkibda tushirdik. Uning ko‘z bilan bog‘liq muammosi bor edi. Avvaliga o‘ynay olaman dedi. Keyin esa tanaffusda uchrashuvni davom ettira olmasligini aytdi. Shu sababli ikkinchi taymda Nemanovni tushirdik.

Zaxiramiz rostdan ham qisqa. Baʼzi o‘yinchilarda jarohat bor, baʼzilari diskvalifikatsiyaga uchragan. Afsuski, zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytira olmadi. Bunday o‘yinlarga katta zaxira kerak bo‘ladi. Mag‘lubiyat uchun samarqandlik muxlislardan uzr so‘rayman", - dedi Vadim Karlenovich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting