locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Vadim Abramov: \"Birinchi bo‘limni juda yomon boshladik va gol o‘tkazdik\"

Futbol 27 iyn 2025 da 15:45
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Vadim Abramov: "Birinchi bo‘limni juda yomon boshladik va gol o‘tkazdik"
Photo: Dinamo PFK

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” (2:3) bahsida mehmonlar bir futbolchi kam bo‘lib qolganiga qaramay, iroda ko‘rsatib g‘alabaga erishdi. "Dinamo" matbuot xizmati o‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga bergan javoblarini taqdim etdi.

- Vadim Karlenovich, avvalo o‘yin haqida gapirsangiz...
- Nima deyish mumkin, qiyin uchrashuv bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi bo‘limni juda yomon boshladik va gol o‘tkazdik. Keyinchalik omadimiz kelib, ikkita gol urdik. Hammasi yaxshi bo‘lib turgan paytda esa hakam o‘yinga aralashdi va bilmadim, qanday qilib bu vaziyatda so‘nggi umid foley sifatida qizil kartochka berganini tushunmadim. O‘sha nuqtadan gol urish ham mumkin emasdi, axir. Qo‘shimchasiga, o‘sha vaziyatda to‘p raqiblardan maydon tashqarisiga chiqib ketgan va biz autdan to‘pni o‘yinga kiritishimiz kerak edi. VAR hakamni chaqirdi, lekin to‘p qayerga ketganini ham ko‘rishmadi. Endi muammomiz yanada kattalashdi – uch nafar futbolchimiz safdan chiqdi. Oldinda esa bizni "Neftchi" va "Nasaf"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

- Superligada seleksionerlar yaxshi ishlamayotgandek. Sizni esa yaxshi seleksioner deb bilamiz. Hozirgi aksariyat seleksionerlarning shunchaki nomi bor, lekin tayinli ish qilmayotgandek...
- Fikrimcha, bu katta muammo emas. Seleksiya ishlarini oldin futbol o‘ynagan sobiq futbolchilar olib borganlari yaxshi. Buning uchun ham iqtidor kerak. Bu holat haqida gapirish men uchun qiyin. Yaxshi sobiq futbolchini topsangiz, u jamoaga bemalol yordam bera oladi. Ishlash kerak.

- "Dinamo" chempionlik uchun kurasha oladimi? Jamoaning bunga kuchi yetadimi?
- Bu haqida gapirish va taxmin qilishga hali erta. Kelajak haqida gapirib bo‘lmaydi. Aytganimdek, bugun asosiy tarkibning uch nafar futbolchisi safdan chiqdi. Bizni oldinda birinchi davraning so‘nggi ikki o‘yini kutib turibdi. Bunday issiq havoda hammasi ham oson emas. Shu sabab chempionlik uchun kurash haqida sentyabr-oktyabr oylarida gaplashish mumkin. Oldimizdagi ikki o‘yinda va bu bahslarda bor kuchimiz bilan o‘ynashimiz kerak. Agarda hammasi yaxshi bo‘lsa, nimadir deyish mumkin bo‘ladi. Hammasi natijalarga bog‘liq.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting