locale OZ

UzFHM Qo‘qon-1912 — Nasaf uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) futbolning yaxlitligi va halolligini ta’minlash yo‘lida tegishli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UzFHM Qo‘qon-1912 — Nasaf uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
photo: UzFHM

Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan Ekspert hakamlar guruhi tomonidan tegishli xulosa e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) futbolning yaxlitligi va halolligini ta’minlash yo‘lida tegishli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, markaz ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, har bir tur yakuniga ko‘ra bahsli vaziyatlar bo‘yicha muntazam ravishda xulosalar berib boradi.

Amaldagi FIFA hamda IFAB talablari va reglamentlariga muvofiq, VAR jarayoniga oid ichki audioyozuvlar (hakamlar o‘rtasidagi muloqotlar)ni uchinchi tomonlarga taqdim etish taqiqlanadi. Ushbu materiallar hakamlik faoliyatiga oid ichki xizmat hujjatlari sifatida foydalaniladi.

Shu bilan birga, ochiqlik tamoyillaridan kelib chiqib, mazkur vaziyatni O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda “Nasaf” futbol klubi vakillari ishtirokida O‘zFHMda ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud. Ushbu jarayondagi epizod barcha texnik materiallar asosida birgalikda tahlil qilish va tushintirib berish imkoniyati mavjud.

O‘zFHM tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etiladigan maxsus seminarlar davomida ham o‘yinlardagi turli vaziyatlar muntazam tahlil qilib borilmoqda. Shuningdek, “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvidagi mazkur epizod ham OAV vakillari bilan birgalikda tahlil qilinadigan navbatdagi debrifing yig‘ilishi rejasiga kiritilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting