UzFHM. “Qo’qon-1912” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.
"Qo’qon-1912" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: UzFHM
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda "Qo’qon-1912" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.