locale OZ

UzFHM. Ayol hakamlarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etyapti

Yangi mavsum oldidan o‘tkazilayotgan ushbu yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar qatnashyapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UzFHM. Ayol hakamlarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etyapti
photo: UzFHM

Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z ishini davom ettiryapti. Yangi mavsum oldidan o‘tkazilayotgan ushbu yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar qatnashyapti.

Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o‘yin jarayonida to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy darslarni qamrab olgan. Unda turli o‘yin epizodlari tahlil qilinib, qoidalar bo‘yicha bilimlar mustahkamlanmoqda, shuningdek, maydondagi harakatlanish va joylashuv bo‘yicha mashqlar bajarilmoqda.

Yig‘in davomida hakamlarning jismoniy holati maxsus testlar orqali baholanib, yangi mavsum oldidan ularning tayyorgarligi yanada kuchaytiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting