locale OZ

Urugvayning charter reysi bekor qilindi

Ular guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Urugvayning charter reysi bekor qilindi
ФОТО: Getty images

Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati bilan erta xayrlashganidan so‘ng jamoa uchun rejalashtirilgan charter reysni bekor qildi. Bu haqda jurnalist Martin Charkero ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, assotsiatsiya qaroriga ko‘ra, terma jamoaning yakuniy qaydnomasiga kiritilgan barcha 26 nafar futbolchi vatanga alohida tarzda qaytishi kerak. Har bir o‘yinchi o‘zining tijorat aviareysi orqali safarini mustaqil ravishda tashkil etadi.

Urugvay terma jamoasi Jahon chempionatining “H” guruhida uchta uchrashuvda atigi ikki ochko jamg‘ardi. Jamoa Saudiya Arabistoni (1:1) va Kabo-Verde (2:2) bilan durang o‘ynadi, Ispaniyaga esa 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada urugvayliklar guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting