Urugvay futbol assotsiatsiyasi terma jamoa uchun charter reysni bekor qildi
Urugvay futbol assotsiatsiyasi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng milliy terma jamoa uchun mo‘ljallangan charter reysni bekor qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda Urugvay terma jamoasi futbolchilari AQSh’dan o‘z yurtiga yoki klublari joylashgan mamlakatlarga tijoriy reyslar orqali qaytishiga to‘g‘ri keladi.
Urugvay terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ochko jamg‘ardi va “H” guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Guruh g‘olibi 7 ochko bilan Ispaniya bo‘ldi. Kabo-Verde 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni oldi, Saudiya Arabistoni esa so‘nggi pog‘onadan joy oldi.
Shu tariqa Urugvay terma jamoasi mundialdagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunladi. Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.