Upamekano «Bavariya»da qolishga tayyor
Joriy mavsumda 27 yoshli Upamekano barcha musobaqalarda 20ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Himoyachi Dayo Upamekano “Bavariya” klubida qolishi mumkin. Bu haqda Kicker xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Upamekano vakillari o‘zlarining barcha talablarini "Bavariya" rahbariyatiga yetkazgan.
Qayd etilishicha, futbolchi shartnomani uzaytirgani uchun bonus olmoqchi. Umuman olganda, u faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishga tayyor, ammo faqat o‘z shartlari asosida.
Joriy mavsumda 27 yoshli Upamekano barcha musobaqalarda 20ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining narxini 60 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist