Umtiti faoliyatini yakunlashi mumkin
ФОТО: Getty images
Fransiya bilan 2018 yilgi jahon chempionati g'olibi, "Lion" va "Barselona" kabi mashhur klublarning sobiq futbolchisi Samuel Umtiti faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi.
Hozirda 31 yoshli futbolchi jamoasiz. U Yaqin Sharqdan kelayotgan takliflarni rad etib, faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
Uning so'nggi jamoasi "Lill" edi.
Futbolchi so'nggi vaqtlarda ko'p jarohat oldi va faoliyatini davom ettirish istagi yo'qligini ma'lum qilgan.