Umtiti faoliyatini yakunlash arafasida.
U oxirgi marotaba 2024 yilning yanvarida maydonga tushgan.
ФОТО: Getty images
Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini yakunlashga tayyor.
Erkin agent maqomidagi himoyachi bugun "Lion" bazasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda RMC Sport. Bu yerda u rolikda suratga tushishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, "Olimpik" sobiq futbolchisiga rolik yozishga ruxsat bergan.
Balki bu Umtitining xayrlashuv videosi bo‘lar. Barcha belgilar Samuelning 31 yoshida faoliyatini tugatayotganini ko‘rsatmoqda.
Oxirgi marta "Barselona," "Lion" va "Lill"dagi o‘yinlari bilan tanilgan himoyachi 2024 yilning yanvarida maydonga tushgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist