Umar Eshmurodov «Nasaf» bilan shartnoma uzaytirdi
Bu haqda “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Насаф ФК
“Nasaf” futbol klubi jamoa sardori, milliy terma jamoamiz a'zosi Umarbek Eshmurodov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Umarbek Eshmurodov jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi 2026-yil oxiriga qadar biz bilan bo‘ladi.
“Yangi mavsumdagi hamkorlik Umarbek va jamoamiz uchun samarali boʻladi degan umiddamiz”, — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist