UFA Ro‘ziqul Berdievning so‘zlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazadi
Murabbiyning “Neftchi” chempion bo‘lishi ortida turgan kishilar" bo‘yicha so‘zlari muhokamaga sabab bo‘ldi.
Фото: UzPFL
UFA "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdievning matbuot anjumanidagi ishtiroki yuzasidan surishtiruv o‘tkazadi.
2025 yil 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan OKMK hamda "Nasaf" klublari o‘yinidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiev tomonidan bildirgan fikrlar futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan o‘rganish va surishtiruvlarni o‘tkazishi hamda unga huquqiy baho berishini bildirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist