locale OZ

Uesli Sneyder: «O‘sha mavsumda Messi, shubhasiz, dunyoning eng kuchli futbolchisi edi, biroq men undan yaxshiroq edim»

«Inter»ning sobiq futbolchi 2010 yilgi «Oltin toʻp» haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uesli Sneyder: «O‘sha mavsumda Messi, shubhasiz, dunyoning eng kuchli futbolchisi edi, biroq men undan yaxshiroq edim»
FOTO: Getty Images

«Inter»ning sobiq yarimhimoyachisi Uesli Sneyder 2010 yilda topshirilgan «Oltin to‘p» mukofoti haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘sha mavsumda Messi, albatta, dunyoning eng kuchli futbolchisi edi. Bunga shubha yo‘q. Ammo agar yil davomida kim muvaffaqiyatliroq o‘ynaganini baholaydigan bo‘lsak, bu yerda men oldinda edim.

Hozir 2025 yil, oradan 15 yil o‘tdi. Shunga qaramay, biz hanuz shu mavzuga qaytyapmiz, sizlar mukofot menga berilishi kerak bo‘lganini aytishda davom etyapsizlar. Rostini aytsam, bu meni xursand qiladi.

Men «Oltin to‘p»ga ega bo‘lmaganimdan ko‘ra, Chempionlar Ligasi kubogini boshim uzra ko‘targanimdan ancha mamnunman. Agar tanlov qilishimga to‘g‘ri kelsa — Chempionlar Ligasi g‘alabasidan voz kechib, «Oltin to‘p»ni olish — men bunga hech qachon rozi bo‘lmas edim», — deydi Sneyder.

Eslatib o‘tamiz, Uesli Sneyder professional futbolchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting