UEFA muxlislarning xatti-harakatlari sabab PSJ'ni jazolaydi
FOTO: Getty Images
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) PSJ'ni Chempionlar Ligasi finalida “Inter”ga qarshi o'yin vaqtida va undan keyin klub muxlislarining xatti-harakatlari uchun jazolaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, parijlik muxlislar uchrashuv davomida ishlatgan buyumlari uchun sanksiyalarga duchor bo'ladi. UEFA qoidalariga ko'ra, olov yoqilishi qat'iyan man etiladi.
Bundan tashqari, uchrashuv oldidan jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar sodir bo'ldi. UEFA tartib-intizom kodeksiga ko'ra, klublar muxlislarning stadion yaqinidagi xatti-harakatlari, jumladan, o'yindan oldin va keyin ham javobgardir.
Nasrullo Karimov
Jurnalist