locale OZ

UEFA Lionel Messini 39 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

Argentinalik yulduz hozirda Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Lionel Messini 39 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images

UEFA Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi tavallud ayyomi munosabati bilan maxsus tabrik e’lon qildi.

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Messining faoliyati davomida erishgan tarixiy yutuqlarini e’tirof etib, unga samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Ayni paytda Messi 2026-yilgi Jahon chempionatining eng yorqin futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. U yaqinda mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadamga aylandi va rekordini 18 ta golgacha yetkazdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting