locale OZ

UEFA Germaniyaga Niderlandiyaga qarshi retro formada o‘ynashga ruxsat bermadi

Bunga UEFAning liboslar bo‘yicha reglamenti sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Germaniyaga Niderlandiyaga qarshi retro formada o‘ynashga ruxsat bermadi
Foto: Getty Images

Germaniya terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi uchrashuvida 1990-yilgi retro formada maydonga tusha olmaydi. Dastlab jamoa o‘sha davrdagi yashil libosning yangilangan ko‘rinishida o‘ynashi rejalashtirilgan edi, biroq UEFA bunga ruxsat bermadi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bunga UEFAning liboslar bo‘yicha reglamenti sabab bo‘lgan. Musobaqa emblemasini joylashtirish uchun futbolkalarning yeng qismida yetarli bo‘sh joy bo‘lishi, shuningdek, futbolchining raqami ko‘krak qismida ham aks etishi talab qilinadi. Retro formada esa ushbu talablarni bajarishning imkoni bo‘lmagan.

Shu sabab Germaniya Niderlandiyaga qarshi bahsda yangi to‘liq qora libosda maydonga tushadi. Ushbu forma Germaniya futbol assotsiatsiyasining adidas bilan uzoq yillik hamkorligi yakunlanishi oldidan taqdim etilgan so‘nggi maxsus liboslardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya — Germaniya uchrashuvi 24-sentabr kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tadi. Bahs Yurgen Klopp uchun Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yin bo‘ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting