locale OZ

U23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasiga qarshi ko‘k libosda o‘ynaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasiga qarshi ko‘k libosda o‘ynaydi
Фото: ЎФА

Ertaga O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi 2-turi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 6-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Bishkek shahridagi “Dolen Omurzakov” stadionida start oladi.

Guruhning 1-turida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Shri-Lankani 4:0 hisobida mag‘lub etgan. Qirg‘iziston esa Falastindan ustun kelgandi, - 2:1.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting