U21 chempionati. «Dinamo» yoshlar jamoasi Urganchda g‘alabaga erishdi
O‘yinni asosiy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov kuzatib bordi.
Фото: Динамо ПФК
U21 chempionati 5-tur doirasida “Dinamo” zaxira tarkibi "Xorazm"ga qarshi maydonga tushdi.
Urganchdagi bahsda Rafael Balasanyan boshchiligidagi samarqandlik yoshlar mezbonlar ustidan zafar quchishdi. O‘yinda Akbar Xudoyberdiyev va Ravshanbek Abdumannonavning gollari yoshlarimizga ishonchli g‘alaba keltirdi – 2:0.
Shu tariqa, “Dinamo” U21 jamoasi 8 ochko bilan turnir jadvalida “Xorazm”ni ortda qoldirdi. O‘yinni asosiy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov kuzatib bordi.
U21 chempionati. 5-tur
“Xorazm” U21 - “Dinamo” U21 – 0:2
Gollar: Akbar Xudoyberdiyev, 39 (0:1), Ravshanbek Abdumannonov, 90+5 (0:2).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist